7 646
O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridagi suv toshqinlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yoqqan kuchli yomg‘irlar haqida ma’lumot berdi.
«2018 yil 15 may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyatining Kitob va Dehqonobod tumanlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. Qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida, «Samarqand-Qarshi» avtomobil yo‘lining tagidan o‘tgan quvurlarga yomg‘ir suvi bilan oqib kelgan shox-shabbalar tiqilib qolgan va yomg‘ir suvi yo‘lning ustki qismidan o‘tgan. Ko‘rsatilgan tumanlar hududidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli qishloqlardan o‘tuvchi ariqlardan ham suv toshib chiqib, ba’zi xonadon va hovlilariga toshib kirgan. Yomg‘ir va sel natijasida avtomobil yo‘liga yetkazilgan zararlar tezlik bilan bartaraf qilinib, avtomobillar harakati tiklangan hamda moddiy ziyon ko‘rgan fuqarolar va ekin maydonlariga, zarar yetgan fermer xo‘jaliklariga yordam ko‘rsatish tashkil qilingan. Jarohatlanganlar yo‘q», deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq 13-14-15 may kunlari yoqqan uzluksiz yomg‘ir (jala) oqibatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ va Dehqonobod tumanlarida bir necha bor sel toshqinlari kuzatilgani, Kitob tumanida seldan 200dan xonadon xonadon zarar ko‘rgani, sel oqimi aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 120dan ortiq chorva mollarini oqizib ketgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi