07:00 / 31.05.2018
7 824

O‘qituvchilarning maoshi yuqorimi yoki shifokorlarniki?

O‘qituvchilarning maoshi yuqorimi yoki shifokorlarniki?
Moliya vazirligi ijtimoiy soha xodimlari oylik ish haqlari uchun davlat byudjeti xarajatlari va ularning hajmlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Repost.uz”.

Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oyliklari (malakasiz toifa) 1 133 000 so‘m, sinf rahbarligi yuklatilgandagi ustama — 172 200 so‘m, daftarlarni tekshirganlikuchun ustama — 86 100 so‘m, direktor fondi hisobidan ustama o‘rtacha 20% — 226 700 so‘m (eng ko‘pi — 40%) va jami 1 619 000 so‘mni tashkil etadi.

Oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga yuqoridagi sharoitda 1 909 000 so‘m maosh hisoblanadi.

Xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha har oylik ustama qishloq joylardagi ta’lim muassasalarida bazaviy tarif stavkasining 30%ni, qolgan ta’lim muassasalarida — 15% ni tashkil etadi.

Oliy ma’lumotga ega bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining oyliklari malakasiz toifada bir stavkada (haftasiga 36 soat) moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qo‘shiladigan 15%lik ustama bilan hisoblanganda 999 200 so‘mni tashkil etdi. Kuniga 9 soatlik ishda 1,25 stavkada ishlovchi tarbiyachining maoshi 1 249 000 so‘mni tashkil etdi.

Bir stavkada ishlovchi tarbiyachi yordamchisiga Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining 15% lik ustamasini hisobga olganda, oyiga 701 700 maosh hisoblanadi.

2018 yil 1 sentyabrdan oliy ma’lumotga ega tayyorlov guruhi tariyachilari, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatiga haq to‘lashning bazaviy stavkasi 1 303 000 so‘mni (Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 15% lik ustama hisobga olinganda) tashkil etadi.

Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan OTM katta o‘qituvchisining bazavi lavozim maoshi 2 085 000 so‘m darajasida belgilandi. Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining maxsus 15%lik (312 800) mablag‘lari va guruh kuratorligi (agarda kuratorlikni amalga oshirayogan bo‘lsa) uchun ustama bilan 2 919 000 so‘mgacha yetishi mumkin.

OTMning fan doktori darajasiga ega professori 2 408 000 so‘moladi. Jamg‘armadan ustama (361 300) va kuratorlik (602 200) hisobiga u 3 372 000 so‘mgacha yetishi mumkin.

1 sentyabrdan ilmiy darajaga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchi maoshi yuqoridagi ustamalar bilan 3 080 000 (+5,5%), fan doktori ilmiy darajasiga ega professor — 4 844 000 so‘mgacha (+43,6%) maosh olishi mumkin.

Malaka toifasiga ega bo‘lmagan qishloq vrachlik punktlari umumiy amaliyot shifokorlari maoshi jami 1 297 000 so‘mni tashkil etadi. Oliy malakali shifokor oyligi esa barcha ustamalar bilan 1 774 000 so‘mdan iborat.

Malaka toifasiga ega bo‘lmagan patronaj hamshira jami 776 000 oylik oladi. Oliy malakali hamshira esa 1 191 000 so‘m (+53%).

Tuman markaziy shifoxonasida ishlovchi malaka toifasiga ega bo‘lmagan jarroh shifokor jami 1 336 000, oliy malaka bo‘lganida 1 827 000 so‘mgacha olishi mumkin.

Viloyat teatrida ishlovchi birinchi toifali artist maoshi jami 1 750 000 so‘mgacha belgilanadi. Viloyat muzeyi fond saqlovchisi ustamalar bilan 1 355 000 so‘m maosh oladi. Tuman madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy rahbarining maoshi 1 232 000 so‘mgacha belgilanadi.

Yuqoridagi barcha oyliklar ro‘yxatida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobga olinmagan. Chunki ularning barchasi ham aholiga pulli xizmat ko‘rsatmaydi. Byudjetdan tashqari daromad bo‘lgan taqdirda, rahbarlar rag‘batlantiruvchi xarakterga ega qo‘shimcha to‘lovlarni (mukofotlar, qo‘shimchalar, ustamalar va boshqalar) amalga oshirish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘qituvchilarning maoshi yuqorimi yoki shifokorlarniki?