
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Byudjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham tekkizdirmayman. Kimga kerak paxta? Korxonaga kerak. Qaysi korxona? Qayta ishlaydigan. O‘zini odamlari, o‘zi borib, pul to‘lasin, o‘zi yig‘sin. Abdulla Ne’matovich, sizga bir oy muddat. O‘tgan yili qancha qiynaldik. Butun dunyo hozir bolalar mehnati deb, o‘zimizni o‘zimiz ahmoq qilib yurganmiz. Qayerga bormasak, bolalar mehnati. Undan 2-3 milliard foydami, yoki undan ko‘ra obro‘ni, siyosatimizni joyiga qo‘yish kerakmi. Shuning uchun bir oy muhlat, o‘tgan yilgi tajribani qo‘llash lozim. Hech qanday, bironta bolalar mehnati, majburiy mehnat kerak emas. Mana qancha to‘qimachilik kombinatlarimiz bor, o‘zlari borib, o‘zini paxtasini o‘zi terib olaversin.
Mana klaster qilyapmiz, og‘ir damlardan o‘tib olishimiz kerak. Hozir bizga do‘stlar ham ko‘p, lekin dushmanlarimiz ham ko‘p. Aytmoqdamanku, har kuni bitta maqola chiqyapti. Toshkent hech qayerga bormaydi, Toshkentning o‘zini yo‘li bor!», – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan Kun.uz nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar