O‘zbekiston Afg‘oniston Islom Respublikasiga mamlakatda kuzatilgan qurg‘oqchilik sabab 3100 tonna miqdoridagi un-don mahsulotlari yuborildi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.
O‘zbekistondan Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yuborishi munosabati bilan Hayraton shahrida ikki davlat hukumat vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Afg‘onistondagi vakili Ismatilla Ergashev ishtirok etdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga bir qator masalalarda doimiy ravishda yordam berib kelmoqda. Dolzarb muammolardan biri – hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashdir.
May oyida O‘zbekiston delegatsiyasi "ShHT-Afg‘oniston" aloqa guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu guruh o‘z ish faoliyatini 2017 yil oktyabr oyida boshlagan.
O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari so‘ngi uchrashuvi 4 may kuni o‘tkazildi. Unda tomonlar savdo iqtisodiy va siyosiy sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi