4 290
O‘zbekiston hukumati homiylik qilish to‘g‘risida qonun qabul qilishga tayyorlanmoqda
Toshkentda 7 iyun kuni Xalqaro Press-klub maydonida "Homiylik: yangi an’analarni shakllantirish" mavzusida muloqot o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchilari — Oliy Majlis Senati va Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlashtirish jamg‘armasi.
Tadbirda Oliy Majlis Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sadiq Safoyev, Madaniya vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlashtirish jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Gayane Umerova spiker sifatida ishtirok etadilar.
Tadbir doirasida respublikada homiylik madaniyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlar tajribasi asosida homiylik madaniyati shakllantirish va targ‘ibot qilish, o‘zbek madaniyatida mavjud bo‘lgan hayriya va o‘zaro yordam berish qadriyatlarini yanada rivojlantirish, bu borada madaniyat sohasidagi mutaxassislari, hukumat va biznes vakillari, ijodkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni birlashtirish masalalari keng muhokama qilish rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida mamlakatda xayriya ishlarini rivojlantirish uchun me’yoriy huquqiy ta’minot, davlat va biznesning madaniy ko‘mak faoliyat sohalarini, ularning o‘zaro munosabatlari va mas’uliyatlarini yanada aniqroq taqsimlash, shuningdek, O‘zbekistonda homiylik qiluvchilarning asosiy guruhlarini aniqlash masalalari muhokama qilinadi.
Ta’kidlanishicha, yangi qonun qabul qilinishi homiylik ishlaridagi ishtirokchilarni qayd etish va ularni rag‘batlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qonun homiylik yordamini oluvchilar tomonidan hisobot topshirish mexanizmi ham nazarda tutadi. Bu o‘z navbatda homiylik qiluvchi shaxslarga ularning mablag‘lari mo‘ljallangan maqsadlarda sarflanayotganligiga ishonch hosil qilishlariga yordam beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi