17:27 / 19.06.2018
5 602

TIVning yangi joyi ma’lum, eski binoga esa Senat joylashadi (foto)

TIVning yangi joyi ma’lum, eski binoga esa Senat joylashadi (foto)
O‘zbekiston parlamenti – Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senat Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi esa, Xalq bankining bosh qarorgohi (Toshkent shahri hokimiyatining sobiq binosi)ga joylashadi. Bu ma’lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlangan.

Bundan avval, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa joyga ko‘chayotgani munosabati bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va asosiy veb-sahifasida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

«Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida (veb-sahifa, Facebook’dagi sahifa, YouTube’dagi kanal) uzilishlar bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», - deyiladi TIV xabarida.

Shundan keyin Tashqi ishlar vazirligi Mustaqillik maydonidagi Moliya vazirligi binosiga ko‘chishi, Tashqi ishlar vazirligining hozirgi binosiga esa Senat joylashishi haqida xabarlar tarqalgandi. Endi bu xabarlarning ikkinchi qismi haqiqat bo‘lib chiqdi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Senatning hozirgi binosi prezidentning vaqtinchalik qarorgohiga aylangan.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » TIVning yangi joyi ma’lum, eski binoga esa Senat joylashadi (foto)