
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 iyul kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar