date

"O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 7 sabab" (video)

"Ўзбекистонга ташриф буюриш учун 7 сабаб" (видео)
Youtube’dagi Alkettik sayyoh bloggerlar kanalida O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rsatuv taqdim etildi.

“O‘zbekistonga borish uchun 7 sabab” deb nomlangan ko‘rsatuv mualliflari sayohatlarini Toshkent shahridan boshlashgan.

Ular ko‘rsatuvlarida tomoshabinlarni o‘zbek oshxonasi, Toshkent teleminorasi va metrosi hamda bozori bilan tanishtirishadi.

Mualliflar shuningdek, Urganch, Xiva, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi tarixiy obidalar go‘zalligidan hayratlarini yashira olishmagan.
Ular O‘zbekistonda turizm sohasi jadal rivojlanayotganini e’tirof etishgan.

Ko‘rsatuv “O‘zbekiston - Sharq madaniyati qalbiga yo‘l shu yerdan boshlanadi”, degan so‘zlar bilan yakunlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » "O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 7 sabab" (video)