BAA ga olib kirilayotgan uy hayvonlari yuk sifatida qabul qilinadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketadigan yo‘lovchilarni parvozga o‘zlari bilan olingan uy hayvonlari yuk sifatida qabul qilinishi haqida ogohlantirib o‘tdi.
“BAA hukumati talabiga muvofiq, uy hayvonlarini (mushuk va itlarni) Sharja, Dubay shaharlariga rasmiylashtirilgan yuk yoki qo‘l yuki sifatida olib kirish taqiqlanadi. Bu talablar buzilgan holatda Sharja, Dubay shaharlari aeroportlariga olib kelingan uy hayvonlari olib qo‘yiladi va karantinga joylashtiriladi”, deyiladi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati bergan axborotda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing