
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar