
Foto: “President.uz”
Bugun, 28 avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqi nomiga xorijiy davlatlardan tabriknomalar kelishni boshladi.
Har yili mustaqillik bayrami arafasida xorijiy davlat rahbarlari Oʻzbekiston xalqini ushbu tantana bilan tabriklaydi. Ushbu xayrli ishni bugun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin boshlab berdi.
XXR Raisi oʻz tabrigida oʻzbek xalqini bayram bilan tabriklab, abadiy tinchlik tilagan. Ikki xalq va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bardavom boʻlishini niyat qilgan.
Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Oʻzbekiston va Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami bilan tabriklagan. Ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik yanada mustahkalanishini tilagan.
Tabriklar kelishi davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar