Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mahalliy va xorijlik sayyohlarga temir yoʻl transportida sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida Ispaniyaning TALGO va Koreyaning HYUNDAI kompaniyalari bilan yangi elektropoyezdlar xaridi borasida muzokaralar olib bormoqda», - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksionerlik bazasida jami 240 oʻrinli 5ta vagonni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha ish olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bu vagonlar 2018 yil sentyabr oyi oxiriga qadar “Sharq” poyezdlari uchun foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, chiptalarni turistik agentlar orqali buyurtma qilib, onlayn xarid qilish tizimini modernizatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi