
AQSH Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqardi. Bu haqda AQSH Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat ishlari byurosi tayyorlagan hisobotda shunday deyiladi.
Hisobotda aytilishicha, Oʻzbekiston va Paragvayda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashda qator saʼy-harakatlar amalga oshirilgan va ilgari kuzatilgan salbiy amaliyot uchun AQSH hukumatining “qora roʻyxati”da boʻlgandi.
Hisobotda Oʻzbekiston, Braziliya va Paragvay hukumatlari bolalar mehnati, majburiy mehnatning har qanday shakliga qarshi murosasiz kurashga chogʻlangani alohida eʼtirof etildi.
Xalqaro mehnat tashkilotiga koʻra, dunyodagi har 10 nafar bolaning biri turli koʻrinishdagi mehnatga jalb etiladi va bu son 152 milliondan oshdi. Majburiy mehnatning turli shakllari bilan hisoblab chiqilganda, jahonda 25 million bola mehnatga majburlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar