
Prezidentning “Savdoni yanada liberallashtirish va tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 yanvardan:
- ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziyalar borligi haqidagi talab va ulgurji savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi;
- aksizli tovarlarning ayrim turlari ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishning amaldagi tartibi (avtomobillar, oʻsimlik moyi, alkogol va tamaki mahsulotlari hamda boshqalar);
- joyga chiqib savdo qilish uchun ruxsatnoma hujjatini berish boʻyicha talablar;
- tadbirkorlik subyektlari kontragentlari bilan munosabatlarda kelib chiqadigan, muddati boʻlgan debitorlik qarzdorligi uchun sanksiyalar;
- tadbirkorlik subyektlarida kelishuvlar boʻyicha ichki bozorda 15%lik oldindan toʻlov talabi;
- tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida toʻlov shartlarini hisobga olgan holda yangi meva-sabzavot mahsuloti eksportida 100 foiz miqdorida oldindan toʻlov haqidagi talab;
- ayrim turdagi tovarlarni eksport qilish boʻyicha cheklovlar;
- isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasini shartnomada koʻrsatilganidan koʻproq isteʼmol qilingani uchun jarima sanksiyalari;
- yuqori likvidli tovarlar, xomashyo va materiallarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini shakllantirish va uni Raqobat qoʻmitasi bilan kelishi amaldagi tartibi va boshqalarni bekor qilish moʻljallanmoqda.
Shuningdek, 2018 yil 1 oktyabrdan import boʻyicha olib kirilgan yuqori likvidli mahsulot turlari, egalari oʻz xohishiga koʻra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishi mumkin.
Joriy yilning 1 oktyabridan Oʻzbekiston Respublikasidan jismoniy shaxslar uchun 5 ming AQSH dollariga teng boʻlgan ruxsat etilgan valyuta miqdori doirasida tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar