11:31 / 05.10.2018
7 625

Oʻzbekistonda benzin narxi taxminan qanchaga oshishi maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda benzin narxi taxminan qanchaga oshishi maʼlum boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslariga narxlar va tariflarning oʻzgarishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi tarqaldi.

Unda benzin narxlari 10-15 foizgacha oshishi belgilangan. Shunga koʻra, narxlardagi oʻzgarishlar quyidagicha boʻlishi mumkin:
  • Ai-80 — bir litr uchun 4000 soʻm (hozirda 3800 soʻm);
  • Ai-91 — bir litr uchun 4500 soʻm (hozirda 4300 soʻm);
  • Dizel yoqilgʻisi — bir litr uchun 4800 soʻm (hozirda 4100 soʻm);
  • EKO dizel yoqilgʻisi — bir litr uchun 4900 soʻm.

Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi koʻzda tutilgan.

Benzin narxi Oʻzbekistonda soʻnggi bor 2017 yil 15 noyabr kuni 35 foizgacha oshgandi.

Qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan qaror loyihasi bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda benzin narxi taxminan qanchaga oshishi maʼlum boʻldi