date

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlarining barcha binolarini bir joyga jamlovchi kampuslar qurilmoqda

Urganch davlat universiteti. © urgenchsu.narod.ru

O‘quv korpuslari, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, talabalar turar-joylari, sport ob’ektlari, axborot-resurs markazlari va oliy o‘quv yurtlari infratuzilmasining boshqa qismlari bir hududda joylashganda ham qulaylik, ham samaradorlik oshadi. Shu maqsadda O‘zbekistonda qurilayotgan kampuslar soni oshib bormoqda, Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Jumladan, so‘nggi yillarda tarkibida o‘quv teatri bo‘lgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti majmuasi va Namangan muhandislik-texnologiya instituti binosi foydalanishga topshirildi. Navoiy davlat konchilik instituti kampusi qurilishi davom etmoqda. Termiz va Urganch davlat universitetlari, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti uchun yangi binolar deyarli qurib bitkazilgan.

Kampuslar O‘zbekiston uchun yangilik emasligi ham qayd etilgan. Toshkent temir yo‘l muhandislari instuti, Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlarining majmualari bunga misol sifatida ko‘rsatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlarining barcha binolarini bir joyga jamlovchi kampuslar qurilmoqda