2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.
Mazkur Kengash Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarning samarali ishlarini tashkil etadi, shuningdek ushbu maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlaydi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi vazifasini Iqtisodiyot vazirligi bajaradi.
Qaror bilan tasdiqlangan Milliy maqsad va vazifalar o‘zida 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasida jami 17 ta maqsad va ular doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni qamrab olgan.
Jumladan, amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2030 yilgacha O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlikni tugatish, kam ta’minlangan aholi sonini hozirgiga nisbatan ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilgan.
Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida esa aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limlar sonini 30 foizga qisqartirish, shuningdek 2025 yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini ikki baravarga qisqartirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, umumqamrovli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish maqsadi bo‘yicha 2030 yilgacha o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali o‘qituvchilar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi