O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbariga Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investitsiya salohiyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra, shu ikki yilda poytaxtda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019 yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxt barcha sohalarda namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi
Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi