O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 16 noyabrdan boshlab aholi uchun tabiiy gaz narxining oshirilishini tasdiqladi. Narxlar 2019 yilda yana bir marta oshiriladi.
Hukumat qarorida tabiiy gaz narxi bir kub metr uchun 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mgacha ko‘tarilishi nazarda tutilgan.
“O‘zbekenergo” AJ 2018 yilning 16 noyabridan boshlab elektr energiyasining oshiriladigan narxlari borasidagi ma’lumot e’lon qildi. Xususan, bir kilovatt elektr energiyasi narxi 250 so‘mgacha (hozir 228 so‘m 60 tiyin) oshadi. Bundan tashqari, 2019 yil 1 iyundan boshlab yana 280 so‘mgacha oshadi.
Shuningdek, 2018 yil 16 noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari: Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr; Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr; dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr; EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi