Boshqa davlat mehmonlari O‘zbekiston mehmonxonalarining eng muhim kamchiliklaridan biri internet yomonligi yoki internet umuman yo‘qligini ma’lum qilishdi. "Ya oteler" xizmati tadqiqotlari shuni ko‘rsatdi, tadqiqot natijalari bilan Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bo‘lishgan.
Ushbu kompaniya jamoasi Booking.comdagi ma’lumotlari asosida izohlarni tahlil qildi.
Sayyohlarning to‘rtta eng ommabop yo‘nalishlari: Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda mehmonxonani ijaraga oluvchilar uchun muhim bo‘lgan omillar tanlab olindi.
Ular orasida – “narx va sifat o‘zaro munosabati”, “xodimlar”, “internet”, “joy”, “ozodalik”, “qulaylik” o‘rin olgan. Umuman olganda har bir shahar yuqori ballarni olgan, ammo hammada “internet” mezoni bo‘yicha past ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi.
Bepul Wi-Fi zonasini kengaytirish maqsadida, jamoat va sayyohlik joylarida sayyohlar uchun bepul internetni tashkil qilgan sub’ektlarga imtiyozlar taqdim etilganini turizm qo‘mitasida eslatib o‘tishdi. O‘zbekiston prezidenti 2018 yil 3 fevral kuni bu masala bo‘yicha tegishli farmonni imzolagandi.
Yozda Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida, uni Brodvey deb ham atashadi, birinchi bepul shahar Wi-Fi zonasi o‘rnatilgandi.
Bu loyiha Innovo.Tech kompaniyasi shahar hokimiyati turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va shahar ma’muriyati qoshidagi jamoat kengashi ko‘magida boshlab berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi