Oʻzbekistonda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari ham oshiriladi. Bu haqda hukumatning 1 noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan.
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 16 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi tariflarini aholi uchun koʻpi bilan 10 foizgacha oshirish va boshqa isteʼmolchilar uchun tannarxdan kelib chiqqan holda oʻrnatsin”, — deyiladi hujjatda.
Oxirgi marta issiq suv va isitish tariflari shu yilning mayida oshgandi. Unga koʻra, Toshkent aholisi, hisoblagich boʻlgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 10,6 foizga oʻsib, 3915,9 soʻmdan 4332 soʻmga yetgandi. Hisoblagich mavjud boʻlmaganda oyiga kishi boshiga 16 917,49 soʻm toʻlanadi.
Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1423,86 soʻmdan 1464,53 soʻmga oshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi