Toshkentdan Moskvaga yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Moskvaga yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018 yil 14 dekabrdan Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha 350/349-sonli yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu poyezd “Qoraqalpog‘iston” stansiyasi orqali harakatlanadi. Belgilangan jadvalga ko‘ra, yangi yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftada bir marta – har juma kuni amalga oshiriladi.

Hozirda O‘zbekistondan Moskvaga ikkita poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan: Toshkentdan 005F-sonli va Andijondan 149F-sonli poyezdlar. Toshkentdan Moskvaga qatnovchi poyezd payshanba va shanba kunlari yuradi, u manzilga yetib olish uchun 2 kun 18 soat vaqt sarflaydi. Andijondan Moskvaga poyezdlar esa seshanba va yakshanba kunlari yuradi va yo‘lga 3 kun 1 soat vaqt ketadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari hamda temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar