date
views 3 639

Hududlarda 365 ta kichik mehmonxona va xostellar quriladi

Hududlarda 365 ta kichik mehmonxona va xostellar quriladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

"Norma"ning yozishicha, ijobiy xorijiy tajribani, birinchi navbatda Turkiya va Koreya tajribasini hisobga olib ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari olib boriladi. Jami 2018–2019 yillarda sig‘imi 8–50 nomerli 365ta kichik mehmonxona va xostellarni qurish rejalashtirilmoqda. Ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bir qator tuman va shaharlarda amalga oshiriladi.

Qurilishga xorijiy va mahalliy investorlar – tadbirkorlarni jalb qilish ko‘zlanmoqda. Buning uchun kamida 5 ta «jozibador» yer uchastkasi har oyda «E-IjroAuksion»ga qo‘yiladi. Bu haqda biznes xabardor qilinadi.

Yer ajratish Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Biroq elektron auksion istisno tariqasida yanada qisqa – elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartibotlar bilan birga 10 kundan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.

Mehmonxonalar hududiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortib kelish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy byudjetlar hamda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Binolarni ularga bevosita ulash esa – investorlar hisobiga. Qurilishning namunaviy loyihalari investorlar – tadbirkorlarga bepul asosda beriladi.

Investorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika va hududiy ishchi guruhlar tuzildi.

Hujjat 27.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hududlarda 365 ta kichik mehmonxona va xostellar quriladi