Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va chiqish tartibi soddalashtirildi, ular tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlari oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona ma’murchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tizimda amalga oshiriladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida ham axborot berildi.
Farmon bilan xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi joriy etiladi.
2018 yil 1 dekabrdan boshlab, «Sariq yo‘lak», bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.
«Qizil yo‘lak», bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga qo‘llaniladi.
2019 yil 1 martdan boshlab, «yashil yo‘lak», xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;
«Ko‘k yo‘lak», xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Shuningdek, Farmon bilan barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini davlat bojxona organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab bekor qilindi.
Ko‘rsatuv davomida chet davlatdan avtotransport vositalari olib kirish tartibi, meva-sabzavotlarning eksporti, chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tish normalari hamda bojxona organlariga ishga kirish tartibi to‘g‘risida ko‘plab savollar kelib tushdi va tizim xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Manba: Zarnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi