O‘zbekiston Markaziy banki esdalik oltin va kumush tangalarning bank filiallaridagi qoldig‘i bo‘yicha ma’lumot berdi.
2018 yil 11 dekabr holatiga O‘zbekiston banklaridagi oltin va kumush tangalar qoldig‘i mos ravishda 738 hamda 2920 donani tashkil etdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan bir hafta davomida 139 dona oltin va 1002 dona kumush tanga sotilgan. 4 dekabr holatiga O‘zbekiston banklaridagi oltin va kumush tangalar qoldig‘i mos ravishda 877 va 3922 donani tashkil etgan.
Foto: Markaziy bank
Foto: Markaziy bank
Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgandi.
Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat