3 273
Senat raisi: "Kelgusi ikki yilda 1,5 mlrd dollarga teng loyihalar amalga oshiriladi"
2019-2021 yillar davomida O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,5 mlrd. dollarga teng 800ga yaqin loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda kirish nutqi bilan chiqish qilgan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev kelgusi ikki yilda O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
«Prezidentimizning sa’y-harakati bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali ro‘yobga chiqarish maqsadida kelgusi ikki yilda 1,5 mlrd. dollarlik 800ga yaqin loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgani insonparvarlik siyosatining isbotidir», - dedi u.
Davlat rahbari 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va kiritish vazifasini topshirgandi.
Shunga monand, O‘zbekistonda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqildi. Qonun loyihasi Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan, jamoatchilik muhokamasi 21 dekabrgacha davom etadi.
Ayni vaqtda shu sohaga oid 8ta Qonun va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, prezident farmonlari mavjud. Muhokamaga qo‘yilgan yangi qonunda yuqoridagi hujjatlarning eng muhim qismlari kiritilib, yaxlit qilib to‘planadi va yagona qonunchilik bazasi shakllantirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?