Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, mamlakatimizga xorijiy sayyohlarning tashrifi 2017 yilda 32 foizga, 2018 yilda esa 100 foizga o‘sgan. Lekin, masalaning boshqa jihati bor. Turizm sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hali hanuz mukammal emas, mehmonxonalarning va zarur infratuzilmaning yetishmasligi esa bu yo‘nalishni jadal taraqqiy etishiga imkon bermayotgan edi.
Davlatimiz rahbarining “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muammolarga yechim topadi. Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
— xorijiy sayyohlarni (2018 yilda) 5,3 mln.dan (2025) yilda 9 mln. nafarga oshirish;
— turistik xizmatlar eksportini (2018 yilda) 1 mlrd. AQSh dollaridan 2,2 mlrd. AQSh dollariga yetkazish;
— mehmonxonalar sonini (2018 yilda) 900 tadan (2025 yilda) 2994 taga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, chet ellik sayyohlar uchun viza rejimi yanada soddalashtiriladi. Hozirda 30 kunlik viza rejimi asosida 19 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan bo‘lsa, joriy yilning 1 fevral kunidan bu ro‘yxatga yana 45 ta davlat qo‘shiladi. Qolaversa, 76 ta davlatning fuqarolari O‘zbekistonga elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi