"O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
U bu lavozimda biroz avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangani xabar qilingan Jamshid Xo‘jayev o‘rnini egalladi.
Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 2018 yilning 1 iyun kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.
2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng - Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003 yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) o‘z faoliyatini boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi