
Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining oʻz turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi.
Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi. Toshkent shahar hokimi poytaxtda buzilishi ehtimoli boʻlgan hududlardagi ishlarni tashkil etish boʻyicha axborot berdi.

Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari oʻrganilishi maʼlum qilindi. Aholining “Bizning uylarimiz buziladimi?” degan savoliga esa “Sizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi”, deya taʼkidladi Jahongir Ortiqxoʻjayev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar