18:36 / 20.02.2019
5 073

Qozog‘iston O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqladi

Qozog‘iston O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqladi
19 fevraldan Qozog‘iston O‘zbekistondan anor olib kirishga taqiq ko‘rinishidagi vaqtinchalik karantin fitosanitar choralarni joriy etdi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga so‘nggi paytlarda anordan Komstok chervetsi karantin ob’ekti - Pseudococcus comstocki (Kuwana) o‘simlik zararkunandasi tez-tez topilayotgani sabab bo‘lgan.

Qozog‘iston vazirligidan xabar berishlaricha, O‘zbekiston hududidan o‘tgan oy davomida Komstok chervetsi bilan zararlangan anorlar yetkazib berish bo‘yicha ikkita holat aniqlandi.
Komstok chervetsi tufayli mahsulot qattiqlashib qoladi, ta’m sifati yomonlashadi hamda og‘irligi kamayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozog‘iston O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqladi