
19 fevraldan Qozog‘iston O‘zbekistondan anor olib kirishga taqiq ko‘rinishidagi vaqtinchalik karantin fitosanitar choralarni joriy etdi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga so‘nggi paytlarda anordan Komstok chervetsi karantin ob’ekti - Pseudococcus comstocki (Kuwana) o‘simlik zararkunandasi tez-tez topilayotgani sabab bo‘lgan.
Qozog‘iston vazirligidan xabar berishlaricha, O‘zbekiston hududidan o‘tgan oy davomida Komstok chervetsi bilan zararlangan anorlar yetkazib berish bo‘yicha ikkita holat aniqlandi.
Komstok chervetsi tufayli mahsulot qattiqlashib qoladi, ta’m sifati yomonlashadi hamda og‘irligi kamayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar