16:48 / 22.02.2019
3 124

Wanderlust: O‘zbekiston - eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish

Wanderlust: O‘zbekiston - eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish
Londonning eng yirik ko‘rgazma markazlaridan biri hisoblangan Olympia'da Britaniyaning mashhur Wanderlust jurnali versiyasi bo‘yicha eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Wanderlust World Guide Awards tadbiri doirasida jurnal o‘quvchilar orasida qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashga yo‘naltirilgan so‘rovnoma o‘tkazdi. Shu tariqa "Sayohat qilish uchun eng mashhur mamlakat", "Eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish", "Sayyohlar orasidagi eng mashhur shahar", "Eng yaxshi aviakompaniya", "Eng yaxshi turoperator" nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilda Wanderlust World Guide Awards tanlovining turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni Yaponiya, Namibiya, Yangi Zelandiya, Eron, Laos, Singapur, BAA, Buyuk Britaniya, Ispaniya va O‘zbekiston qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston "Eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish" (Tor emerging destination) nominatsiyasida g‘olib deya e’tirof etildi.

Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, ovoz berish davomida O‘zbekiston Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining boy madaniy-tarixiy merosi hamda turistik bozorni rivojlantirishga doir qabul qilinayotgan choralar tufayli tanlovning o‘tgan yilgi g‘olibi - Eronni ortda qoldirgan.

Jurnalda 45 mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha muddat uchun vizalarning bekor qilinishiga oid qaror bilan O‘zbekiston 2020 yilda eng ko‘p sayohat qilinuvchi mamlakatlar qatoridan joy olishga da’vogarlik qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: Wanderlust – Buyuk Britaniyaning sayyohlarga mo‘ljallangan eng mashhur jurnallaridan biri. 1993 yilda Pol Morrinson va Lin Xyuz tomonidan asos solingan. Har yili jurnalning 10 nomeri 35 mingdan ortiq nusxada chop etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Wanderlust: O‘zbekiston - eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish
[/banner_pushhouse