Dunyoda gender tengligiga erisha olgan faqatgina oltita davlat bor, deyiladi Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun - 2019» tadqiqotida. Bu Belgiya, Daniya, Fransiya, Latviya, Lyuksemburg va Shvetsiya.
Avstriya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniya deyarli 100 ball to‘plagan (barchasida 97,5dan). Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Sudan, Eron va Qatarda eng yomon ko‘rsatkichlar - 32 dan kam.
O‘zbekiston 70,6 ball to‘pladi. Gvatemala va Kongoda ham taxminan shuncha. Tadqiqotda nomi keltirilgan sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston so‘nggi o‘rinda, ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha - Litva 93,7 ball, Tojikiston - 81,8 ball, Gruziya - 79,3 ball, Ukraina, Ozarboyjon va Belarus - 78,7 ball, Qirg‘iziston - 76,8 ball, Qozog‘iston va Armaniston - 75,6 ball, Rossiya - 73,1 ballga ega.
187 mamlakat ro‘yxatga kiritilgan. Ekspertlar ularning qonunchilik bazasini baholashdi, mezonlar sifatida so‘nggi 10 yil ichida kiritilgan, ayollar huquqlariga u yoki bu tarzda ta’sir qilgan o‘zgarishlardan foydalanildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?