
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor). Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar