
Oʻzbekiston Prezidenti joriy yilning kuzida rasmiy tashrif bilan Misrga yoʻl oladi. Bu haqda Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari Ahmed Taxa Boraya Oʻzbekiston—Misr biznes forumi doirasida maʼlum qildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Vazir oʻrinbosarining aytishicha, Oʻzbekiston Prezidenti 2019 yilning oktyabr oyi oʻrtalarida Misrga tashrif buyuradi. Taxmin qilinayotgan sana — 19 oktyabr.
Eslatib oʻtamiz, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 2018 yilning 4 sentyabrida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing