Foto: BBC
BBC Toshkentdagi osh markazidan reportaj tayyorladi deb xabar beradi “Xalq soʻzi” nashri.
“Oʻzbeklarda koʻrdingmi osh, koʻtarma bosh degan ibora bor”, - deya boshlanadi ushbu videolavha.
«Toshkentdagi osh markaziga mushtariylar xuddi shunday qilish uchun kelishadi. Osh markazi - shaharning oʻziga xos goʻshasi. Erta tongdanoq oshpazlar beshta ulkan qozonda osh tayyorlashga kirishadilar. Har bir qozonga 50 kilogrammdan koʻproq guruch ketadi. Toshkent va Oʻzbekiston boʻylab bu kabi palov markazlari koʻp. Lekin, aytishlaricha, xuddi mana shu markazning palovi mazasi va miqyosiga yetadigani boshqa yerda topilmaydi. Birinchi qozondagi palov esa soat 11 larga tayyor boʻladi. Keyin har soatda bittadan qozonni ochishadi.
Shu qadar koʻp miqdorda tayyorlangan boʻlsa ham, palov bir necha soatning ichida tugab ketadi. Bu yerda asosan ikki xil palov damlanadi. Birinchisi toshkentcha toʻy palovi. Ikkinchisi Fargʻona vodiysining devzira guruchidan qilinadigan palov. Aslida Oʻzbekiston boʻylab har bir xududning oʻziga xos alohida palovi bor. Samarqand palovi Buxoronikidan, Fargʻona palovi Xorazmnikidan, Toshkent palovi Surxondaryonikidan farq qiladi. Taniqli olim Karim Mahmudov oʻzbek taomlari haqida yozgan kitobida palovning 60 turi borligini aytib oʻtgan. Palov haqidagi iboraning ikkinchi qismini esa aytmay qoʻya qolaylik. Toshkentdagi osh markazi borib qolsangiz, u yogʻini endi mushtariylardan eshitib qolarsiz», — deyiladi lavhada.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi