2019 yil 5 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini imzoladi. Bu haqda “Xalq soʻzi” xabar bermoqda.
Ushbu qonun hukumat ishini tashkil etishni tubdan yaxshilash, ijro hokimiyati organlarining bugungi kun talabiga javob beradigan, sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirishga qaratilgan.
Joriy yilning 1 aprel sanasidan kuchga kiradigan mazkur Qonunga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilib, maʼqullanganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanish tartibi joriy etilmoqda.
Shuningdek, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash tizimi yaratiladi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishi yuzasidan har chorak yakuni bilan hisobot taqdim etib borishlari toʻgʻrisidagi tartib oʻrnatilyapti.
Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi