
Toshkentda 5400 ta qonuniy asosda faoliyat koʻrsatuvchi taksi bor. Bu haqda prezidentning “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga bagʻishlangan maʼlumotnomada aytiladi.
Agar Toshkent aholisi soni 2,5 mln kishi ekani hisobga olinsa, unda shahardagi har ming kishiga 2,1 ta qonuniy asosda ishlovchi taksi toʻgʻri keladi.
Taqqoslash uchun, Parijda har 1 ming kishiga 7,7 ta avtomobil, Nyu-Yorkda 6,7 ta, Moskvada 4,5 ta, Londonda 9,9 ta, Dehlida 3,2 ta toʻgʻri keladi. Shu tariqa, shaharda qonuniy asosda ishlovchi yoʻnalishli boʻlmagan taksilar borasida katta yetishmovchilik mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar