3 909
Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga yangi kodeksni ishlab chiqish haqida topshiriq berdi
Bosh prokuratura uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida aytilgan.
Qayd etilishicha, kodeks sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi, shuningdek, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlash borasidagi protsessual normalarni tizimlashtirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, uch oy muddatda:
Majburiy ijro byurosiga jismoniy va yuridik shaxslardan “ishonch telefoni” orqali, shuningdek, elektron tarzda kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishi ustidan tizimli nazorat olib borishga qaratilgan dasturiy taʼminotni;
davlat ijrochilarining sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini majburiy ijro etishni taʼminlash boʻyicha samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlarini (KPI), shuningdek, ular faoliyatini baholash, xizmat boʻyicha koʻtarish, ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllashda ushbu koʻrsatkichlarni qoʻllash tartibini;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasida tizimli ravishda davlat ijrochilarining malakasini oshirish dasturlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Bosh prokuratura manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan maʼmuriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda u qolgan summani toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Bunda quyidagi holatlarda jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilmasligi nazarda tutiladi:
- maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
- maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida.
Bundan oldin, majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etilishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?