
Koʻp martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi miqdori belgilandi, deb yozmoqda Norma.
Qayd etilishicha, prezidentning 6.03.2019 yildagi PF–5684-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifiga qoʻshimcha kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, EKIHning (investitsiya kiritish vaqtida oʻrnatilgan) 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekistonga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar koʻp martalik 3 yillik viza rasmiylashtirishlari mumkin. Uning amal qilish muddatini Oʻzbekistondan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin.
Bunday vizani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi – 350 AQSH dollari undiriladi.
Hujjat 6.03.2019 yildan kuchga kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar