7 487
Dunyoning eng baland binosi Oʻzbekiston bayrogʻi “libosi”da namoyon boʻldi (foto, video)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyoning eng baland binosi hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor obyektlar Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkandi. Davlat rahbari matbuot xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi “libosi”dagi Burj Al-Xalifaning tasviri bilan boʻlishdi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrifi doirasida Dubay shahrida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi. Koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari “Zaabil” saroyida boʻlib oʻtgan uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi. Dubay amiri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Oʻzbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.
Shunisi diqqatga sazovorki, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Tvitterda oʻzbek tilida tvit yozdi.
“Biz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz oʻrtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi”, - deyiladi tvitda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?