Respublika Gidrometeorologiya markazi 29 mart kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkentda havo oʻzgarib turadi, momaqaldiroq boʻlib, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, momaqaldiroq boʻlib, yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, momaqaldiroq boʻlib, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi