16:43 / 30.03.2019
4 168

Oʻzbekistonda keyingi hafta boshida qanday ob-havo kutilyapti?

Oʻzbekistonda keyingi hafta boshida qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 31 mart - 3 aprel kunlari boʻyicha ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 1 va 3 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mart-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 mart-1 aprelda 3-8 daraja iliq, 2-3 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 8-13 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 15-20 daraja iliq, 3 aprelda 13-18 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, 31 mart-2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 18-23 daraja issiq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 20-25 daraja issiq, 3 aprelda 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 31 mart va 2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq, 1 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 3 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, 31 mart-2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mum-kin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 31 martda 20-25 daraja issiq, 1 aprelda 18-23 daraja issiq, 2 aprelda 22-27 daraja issiq, 3 aprelda 20-25 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 15-20 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2-3 aprelda 17-22 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 va 3 aprelda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi. 31 mart-1 aprelda qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 mart-1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2-3 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda keyingi hafta boshida qanday ob-havo kutilyapti?