date

Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston bosh vaziriga gaz uchun minnatdorchilik bildirdi

Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston bosh vaziriga gaz uchun minnatdorchilik bildirdi

2014 yilning 31 dekabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Jo‘mard Otorboyev O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga telefon qildi hamda kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan o‘z tabriklarini izhor etdi. Bu haqida Qirg‘iziston hukumatining matbuot xizmatiga asoslanib, “anhor.uz” sayti xabar bermoqda, deb yozadi kun.uz.

Xabarda yozilishicha, suhbat chog‘ida Qirg‘iziston bosh vaziri 2014 yilda amalga oshirilgan o‘zaro hamkorlik ishlarini esga olib, O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga yana gaz etkazib berish yo‘lga qo‘yilgani uchun O‘zbekiston bosh vaziriga o‘z minnatdorchiliklarini bayon etgan.

Telefon so‘zlashuvi chog‘ida shuningdek, o‘zbek-qirg‘iz hamkorligining boshqa masalalari bo‘yicha ham so‘z borgan, Qirg‘iziston tomoni o‘zbek-qirg‘iz hukumatlariaro komissiya tuzishni taklif etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston bosh vaziriga gaz uchun minnatdorchilik bildirdi