O‘zbekistonda yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari optimallashtiriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishda aytilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, o‘tkazilgan tahlil Fuqarolik kodeksining amaldagi tahriri mamlakatda tez rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlar talablariga va fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmasligini ko‘rsatmoqda.
Xususan, Fuqarolik kodeksida eskirgan huquqiy institutlar, shuningdek bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan davlatlar huquqiy tizimida mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli saqlanib qolgan.
Shu bilan birga, “tijorat tavakkalchiligi”, “xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tengligi”, “adolatli kompensatsiya”, ”shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish” kabi an’anaviy fuqarolik-huquqiy institutlar mavjud emas.
Bundan tashqari, mamlakat bir-biriga o‘xshash va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi qoidalar aralashmasidan tashkil topgan yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllari ko‘p. Masalan, qonunchilikda xususiy korxona va unitar korxona tarkibiga boshqa ishtirokchilarning kirishi nazarda tutilmaganligi, ularning investitsiya jalb qila olmasliklariga sabab bo‘ladi.
Shu sababdan, yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari optimallashtiriladi, bir-biriga o‘xshash, shuningdek bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllari tugatiladi.
Bundan oldin, yerga nisbatan xususiy mulkni himoya qilish mexanizmlari joriy etilishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi