Statistika qo‘mitasi davlat boshqaruv organlari chop etayotgan ochiq ma’lumotlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida aytib o‘tilgan.
Prezident qarori Ochiq ma’lumotlar portali va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
“O‘zbekiston Hukumati portali tarkibida O‘zbekiston haqida ochiq ma’lumotlar portali (Portal) ishga tushgan. U yerda ma’lumotlar jismoniy, yuridik shaxslar hamda mashinalar o‘qish formatida chop etiladi. Ma’lumotlardan cheklanmagan miqdorla bepul foydalanish mumkin”, - deyilgan qarorning birinchi bo‘limida.
Qarorning ikkinchi bo‘limida quyidagilar belgilangan:
a) Statistika qo‘mitasi davlat organlarining ochiq ma’lumotlar chop etish, doimiy yangilab turish vazifasini muvofiqlashtirish, tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.
b) Milliy loyiha boshqaruvi agentligi Portalning texnik ta’minoti va uzuluksiz ishlashini ta’minlash uchun javobgar.
v) Portaldagi axborot:
- faqat davlat boshqaruv organlari tomonidan chop etiladi, jumladan Qorqalpog‘iston Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi tomonidan;
- axborot o‘zbek, rus va ingliz tilida hamda mashinalar o‘qish mumkn bo‘lgan formatda chop etiladi;
- axborot boshqa davlat organlari chop etayotgan ma’lumotlar bilan bir xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak;
g) davlat organlarida ochiq ma’lumotlarni tayyorlashda xalqaro reytinglar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan maxsus bo‘linma javob beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi