O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Shoudu» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Xitoy rasmiy shaxslari kutib oldi.
Birinchi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi 2017 yilda o‘tkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnashgan edi. Bu galgi sammitda 40dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, «yashil» iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.
Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 25 aprel kuni boshlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Jinping, qator davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi
Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi