Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini ko‘zdan kechirdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari barcha sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, energetika, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda faol rivojlanib bormoqda.
Diplomatik vakolatxonamizning uch qavatli yangi binosi farg‘onalik ustalar ishtirokida milliy bunyodkorlik an’analari va zamonaviy me’morchilik yutuqlari asosida bunyod etilgan. Imorat Pekin shahri markazidagi Chaoyang ishbilarmonlik mavzesida, AQSh, Yaponiya, Malayziya, Singapur kabi davlatlar elchixonalari bilan yonma-yon joylashgan.
Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish, sifatli konsullik xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Birinchi qavatda muzokaralar, ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan “Samarqand”, “Buxoro”, “Xiva”, “Qo‘qon” zallari joylashgan. Darvozadan kiraverishdagi ayvon xalqimiz an’analari va boy madaniyatini aks ettirgan.
Davlatimiz rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mazkur dargoh milliy uslubda bezatilganiga mamnuniyat bildirdi hamda u Xitoy tomonining mamlakatimiz bilan hamkorlikka yuksak e’tibori namunasi ekanini ta’kidladi.
Ushbu elchixona xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradigan, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradigan, madaniyatlar bir-birini o‘zaro boyitadigan markaz bo‘ladi. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin