Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Kecha, 27 aprel kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri general-polkovnik Vey Fenxe boshchiligidagi XXR harbiy delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda o‘zbek-xitoy hamkorligining mudofaa va harbiy ta’lim sahosidagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, harbiy-texnik yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashindi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston mudofaa vaziri mehmonlarni qizg‘in qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga 2017 yil may oyidagi davlat tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida muhim o‘rin tutgani ta’kidlandi.
Joriy yilning sentyabr oyidan e’tiboran, xitoyliklar tashabbusi bilan ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasida xitoy tilini intensiv tarzda o‘rganish kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Kurslarga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomli O‘zbek-xitoy instituti o‘qituvchilari jalb qilinadi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yakunda O‘zbekiston va Xitoy mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2019 yilga ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi