date

Qamchiq dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda

Qamchiq dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatini bog‘lovchi Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti yomonlashishi haqida ogohlantirib o‘tdi, deb yozadi kun.uz.

“O‘zgidromet”ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning 2-6 yanvar kunlari Qamchiq dovonidan o‘tuvchi A-373 avtoyo‘lida qor yog‘ishi kutilmoqda, ko‘rish uzoqligi yomonlashib, 50-100 m ni tashkil qiladi, shamol 20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin”, – deb xabar berilmoqda FVV ma’lumotida.

Avvalroq, 2014 yilning dekabr oyida FVV ning Qamchiq qidiruv-qutqaruv otryadi hududida joylashgan boshqarmalararo shtabining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirilgani haqida xabar berilgan edi. Yangi bino zamonaviy aloqa va informatizasiya vositalari bilan jihozlangan, dovondagi harakat xavfsizligini ta’minlash ishlarini kun bo‘yi muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning sharqiy qismida joylashgan Qamchiq dovoni shimoldan Qirg‘iziston bilan, janubdan esa Tojikiston bilan chegaralangan. Dovon avtotransport uchun Toshkent viloyati va Namanganning Pop tumanini bog‘lovchi yagona er usti yo‘li hisoblanadi. Dovondan o‘tuvchi avtotrassa bo‘yicha kuniga 20 mingdan ortiqroq mashina harakatlanadi.

Shu sababli O‘zbekistonning eng yirik transport yo‘llaridan bo‘lgan bu yo‘lda avtransport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda FVV tomonidan harakat havfsizligini nazorat qilish va ta’minlashning yangi tizimi yaratilgan, butun dovon bo‘ylab joylashgan yo‘l-ta’mirlash postlari tashkil etilgan.

Bu postlar tarkibiga FVV, Ichki ishlar vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi hamda yo‘l-transport xizmati xodimlari kiritilgan. Ularning asosiy vazifasi avtransport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirishga yoki to‘xtatib qo‘yishga olib keluvchi vaziyatlarni oldindan aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Qishda bunday xavf-xatarlarga qor ko‘chkilari, tosh ko‘chkilari, qor uyumlari, yo‘l muzlashi va boshqalar kiradi.

Hozirgi paytda 124 kilometrli “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu qurilish davomida Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 19 kilometrlik temir yo‘l tunneli o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qamchiq dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda